Twitter tivitlar limitini 280 belgigacha oshirmoqchi

  •   DiMaX
  •  528
  •  27.09.2017 13:49

Twitter tivitlar limitini 280 belgigacha oshirmoqchi

Mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘i – Tvitter bitta tvitga sig‘adigan belgilar sonini 280 tagacha oshirish ustida sinov ishlarini o‘tkazmoqda. Buni kompaniya o‘zining rasmiy blogida ma’lum qilgan.

Hozircha sinov tarzida

Hozirda bu yangilik test rejimida ko‘rib chiqilayotir, ya’ni, tvitlar hajmining yiriklashtirilishi muayyan testerlar (sinovchilar) guruhi uchungina taqdim etilgan.

Bunday qaror qabul qilinishiga sabab – foydalanuvchilarning hozirgi limitdan, ya’ni bitta tvit 140 tagacha belgidan iborat bo‘lishidek cheklovdan noroziliklaridir.

Yanglizlar kattaroq, yaponlar kichikroq tvitlar yozadi

Aytilishicha, norozilik bildirganlarning aksariyati ingliz tilli foydalanuvchilardir. Bunday yuzerlarning bitta tviti o‘rtacha 34 ta so‘zdan iborat bo‘ladi, shuning uchun 140 belgi bilan cheklash ularga xalaqit beradi. Masalan, o‘rtacha bir yaponning tviti uchun 15 ta so‘z yetarlidir.

Shu bois, testlarning birinchi bosqichi yakunlangach, koreys, yapon va xitoy tillaridan boshqa barcha tillardagi Twitter servisida shunday sinovlar o‘tkaziladi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, ular 2006 yildan buyon o‘zgarmagan limitni ikki karraga oshirishga tayyorlar. Bundan foydalanuvchilar o‘zlarini erkin his etishlari hamda o‘z fikrlarini bitta tvitda bemalol izhor qila olishlari ko‘zda tutilmoqda.

Tobora qulayroq bo‘lmoqda

O‘tgan yilning sentyabr oyida Tvitter giflarni, fotosuratlar, video va sitatalarni 140 belgilik limitga kiritmaslikni joriy etgan edi. 2017 yilning mart oyida esa unda qo‘llanayotgan foydalanuvchi ismlari ham limit ichiga kiritilmay kelayotir.

Darvoqe, Android-qurilmalar uchun Twitter mobil ilovasining yengil versiyasi chiqqanligidan xabaringiz bor-a? Trampning mazkur tarmoqdagi birgina tviti bois Amazon 6 milliard dollar mablag‘idan mahrum bo‘lgani, shuningdek, Obamaning Twitter’dagi yangi fikri rekord o‘rnatgani haqidagi xabarlarimizga ham qarab qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.