Twitter va Facebook’dagi akkauntlarni himoya qilish

Twitter va Facebook’dagi akkauntlarni himoya qilish

Twitter va Facebook kabi mashur ijtimoiy tarmoqlardagi akkuntlarni himoya qilishning samarali va ishonchli usullaridan biri «ESET Social Media Scanner»dir. Social Media Scanner servisi ESYeT xalqaro antivirus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Twitter va Facebook’dagi akkauntlarni avtomatik skanerlash, ya’ni zararli havolalarni aniqlash, bu haqida xabar berish, maxfiylik darajasini ko‘rsatish, akkaunt himoyasini ta’minlash kabi ko‘plab imkoniyatlarga ega.

Shu o‘rinda, barcha internetdagi akkauntlarni, maxfiy ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlashda avvalo kompyuterda shipion, zararli dasturiy ta’minotlar (viruslar), trojan, backdoor  va yana shunga o‘xshash zararli dasturlar mavjud bo‘lmasligi lozim. Kompyuter himoyasini ta’minlashda ishonchli kompleks himoyani ta’minlovchi, zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish zarur. Bundan tashqari, murakkab parollardan foydalanish ham himoyani ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.

Servisdan foydalanishga keladigan bo‘lsak,  ESET Social Media Scanner‘dan foydalanish bepul bo‘lib, servisdan foydalanish uchun undan ro‘yhatdan o‘tib, ijtimoiy tarmoqdagi akkauntni tasdiqlash lozim. Akkuntlar soni chegaralanmagan.

08.09

08.09-1

08.09-2

Manba: Soft.zn.uz