Ucell’dan xushxabarlar: har kuni TAS-IX uchun 50 MB, Telegram uchun 33 MB!

  •   DiMaX
  •  5568
  •  14.03.2018 17:21

Ucell’dan xushxabarlar: har kuni TAS-IX uchun 50 MB, Telegram uchun 33 MB!

O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlari uchun turli yengilliklar taqdim qilishda davom etishmoqda. Jumladan, Ucell kompaniyasi ayrim tarif rejalarida narxlarni pasaytirdi va qo‘shimcha megabaytlar bera boshladi.

O‘QING: Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi

Kompaniya saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi tariflaridagi narxlarda o‘zgarishlar joriy etilmoqda.

Jumladan, «Ijobiy», «Ko‘proq!», «Oddiy», «Fresh» tarif rejalarida bo‘lgan abonentlarga 3 oy davomida TAS-IX yo‘nalishi uchun har kuni 50 megabayt hajmida internet-trafik taqdim etiladi!

«Qulay internet», «OK» tarif rejalarida bo‘lgan abonentlarga esa 3 oy davomida Telegram ilovasida foydalanish uchun har kuni 33 megabayt hajmida internet-trafik beriladi!

Bulardan tashqari, «Ijobiy», «Ko‘proq!», «Oddiy», «Qulay internet», «Do‘stlar orasida», «Baxtli 25», «Baxtli 25+», «Aniq», «Aniq+», «Omadli», «Omadli+», «Erkin suhbat», «VIP» tarif rejalarida va «Istalgan raqam» aksiyasi bo‘yicha tarif rejalarga ulanishda turli yo‘nalishlar bo‘yicha narxlar pasaytiriladi.

Tarif rejalaridagi o‘zgarishlar bilan batafsil tanishish uchun Ucell saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell’dan aksiya: smartfon yo planshet xarid qilib, uch oy bonus oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!