Ucell hisob-kitoblarda kursni abonentlar foydasiga yaxlitladi!

  •   DiMaX
  •  2657
  •  13.09.2017 16:42

Ucell hisob-kitoblarda kursni abonentlar foydasiga yaxlitladi!

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlar 5 sentyabrdan o‘z xizmatlarini so‘mda narxlashga o‘tganligidan xabaringiz bor. Endi esa Ucell uyali aloqa operatori («COSCOM» MChJ XK) bu borada o‘z abonentlariga yanada qulaylik taqdim etdi.

Xabar berganimizdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4 sentyabr kuni operator va provayderlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda AQSh dollarida ko‘rsatilgan tariflarni hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29 avgustda bir dollar uchun 4210,35 so‘m etib belgilangan dollarning so‘mga nisbatan kursi asos qilib olingan edi.

Ucell esa, tariflar va xizmatlar narxlarida hisob-kitoblarni yanada qulayroq qilish uchun 2017 yilning 13 sentyabridan mazkur kursni yaxlitladi. Unga ko‘ra, kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda 1 AQSh dollari uchun 4210,35 so‘m (to‘rt ming ikki yuz o‘n so‘mu o‘ttiz besh tiyin) emas, balki 4210 (to‘rt ming ikki yuz o‘n) so‘m kursi bo‘yicha hisoblanadi.

Bu yaxlitlash esa, oz bo‘lsa-da, abonentlar foydasiga xizmat qiladi. Ya’ni, Ucell o‘z abonentlari uchun har bir dollarda 35 tiyindan voz kechmoqda. Garchi bir qarashda, bitta abonent uchun bu aytarli katta mablag‘ bo‘lmasa-da, umumlashtirib olganda yirik summani tashkil etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!