Ucell kompaniyasi mobil firibgarliklardan ogohlantirdi

Ucell kompaniyasi mobil firibgarliklardan ogohlantirdi

Ucell kompaniyasi o‘z mijozlarini mobil firibgarlar bilan bog‘liq voqealarning soni ko‘payib borayotgani sabab, ortiqcha moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun hushyorlikka chaqirdi.

Kompaniya xabarida keltirishicha, abonentning shaxsiy hisobidan ruxsatsiz mablag‘ yechib olinishiga sabab bo‘lgan quyidagi mobil firibgarlik turlarining chizmalari keng tarqalgan:

Abonent yutuq yoki ma’lum harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi.

Abonent bank kartasi bloklangani, shundan so‘ng unga qo‘ng‘iroq qilish yoki malum bir harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi.

Firibgar abonentga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini biror bir xizmatni amaliyotda sinayotgan aloqa operatori deb tanishtiradi. Abonentdan ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

Abonent ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini blokdan yechish uchun SMS-xabar jo‘natishi kerakligi haqida SMS-xabarnomani qabul qiladi.

Abonent noma’lum raqamdan faol yo‘llanmaga ega MMS-otkritka yoki SMS-xabar qabul qiladi.

Abonentga noma’lum raqamdan (odatda chet el raqamidan) qo‘ng‘iroq qilinadi. Qo‘ng‘iroq qabul qilingandan so‘ng aloqa uzilib qoladi va abonentga noma’lum raqamdan qayta qo‘ng‘iroq qilishni so‘ralgan SMS-xabar keladi. Xabarda keltirilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish vaqtida abonent avtoinformatorga ulanadi. Avtoinformatorning vazifasi esa – abonentning hisobidan ko‘proq mablag‘ yechilguniga qadar uni tarmoqda iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir.

Diqqat! Agarda Siz yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Siz firibgarlikning qurboniga aylanishingiz mumkin. Mobil firibgarlik oqibatlarining oldini olish uchun, iltimos, quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring:

yo‘riqnomalarga, begona kishining aytib turgan harakatlariga va/yoki so‘rovlarga amal qilishga shoshilmang;

gumon uyg‘otuvchi manbalarga ishonmang;

qabul qilingan ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling;

hech qachon noma’lum kishilarga, ular o‘zlarini bank, muhim muassasa, organ hodimi deb tanishtirgan hollarida ham, o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni e’lon qilmang;

ijtimoiy tarmoqlarda konfidensial (maxfiy) ma’lumotlaringizni chop etmang;

noma’lum raqamlardan kelgan fayllarni ochmang, noma’lum yo‘llanmalarga kirmang;

noma’lum raqamlardan kelgan hamda faol yo‘llanmalarni jamlagan xabarlarni o‘chirib tashlang;

noma’lum manbalardan telefoningizga dastur va o‘yinlar yuklamang;

telefoningiz uchun faqatgina rasmiy ta’minlovchilar taqdim etgan antivirus dasturlaridan foydalaning;

shubhali raqamlarga SMS-xabar yo‘llamang;

noma’lum xalqaro raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmang, SMS va qo‘ng‘iroq kelib tushgan raqam qaysi davlatga tegishli ekanini Ucell Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, aniqlang.

SIM-kartangizni begonalar qo‘liga bermang, xizmat ko‘rsatish va telefon ta’mirlash markazlarida unutib qoldirmang. Doimo yodda saqlang: zamoniy uskunalarda SIM-kartani klonlashtirish atigi bir necha soniyalarni o‘z ichiga oladi. SIM-kartani klonlashtirish jiddiy moliyaviy va boshqa qator zararlarga sabab bo‘lishi ham mumkin;

“Mobil yordam” xizmati yordamida pul o‘tkazish jarayonida hushyor bo‘ling. Faqatgina Sizga ma’lum raqamlarga pul o‘tkazing va diqqat bilan kiritgan ma’lumotlaringizni tekshiring;

Telefoningizning IMEI (noyob kodi)ni yodda saqlang! IMEIni *#06# raqamiga so‘rov yuborib, bilishingiz mumkin. Telefoningizni o‘g‘irlash/yo‘qotish holatlarida, agarda undan bir marta bo‘lsa ham chiqish qo‘ng‘irog‘i amalga oshirilsa, uni topish imkoni mavjud. Qisqa muddat davomida Ucell Sotuvlar va Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlariga murajaat qilib, SIM-kartani bloklash yoki qayta tiklash kerak. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida militsiyaga murojaat etish lozim.

Ota-onalarga tavsiyalar:

farzandingizga qimmatbaho telefon xarid qilmang;

farzandingiz telefonida rouming, xalqaro aloqa va GPRS-Internet xizmatlarini o‘chirib qo‘ying;

keraksiz qo‘ng‘iroqlardan farzandingizni himoyalash maqsadida “Qo‘ng‘iroqlar filtri” xizmatidan foydalaning;

farzandingizga shoshilinch xizmat raqamlari haqida so‘zlab bering

Yong‘in xavfsizligi – 101

Militsiya – 102

Tez yordam- 103

Gaz xizmati- 104

Ma’lumot olish- 109

Qutqaruv xizmati- 1050

Boshqa xizmatlar- 10xx

Farzandingiz telefonida, Siz bilan bog‘lanish raqamlarini tezkor terishga o‘rnatib, 1 ta tugma bilan qo‘ng‘iroq qilish imkonini yarating;

“Ota-onalar nazorati” xizmatidan foydalanib, farzandingizni zararli Internet sahifalaridan chegaralang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!