Ucell M2M xalqaro konferensiyasi: kimlar qatnashadi?

Ucell M2M xalqaro konferensiyasi: kimlar qatnashadi?

Bundan bir necha kun avval Ucell mobil aloqa operatori M2M (Machine-to-Machine) texnologiyalariga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiya o‘tkazishi haqida saytimizda xabar bergan edik.  Mazkur konferensiyani tashkil qilishdan maqsad, M2M texnologiyalar qo‘llanuvchi biznes jarayonlar rivoji va optimallashuvini muhokama qilish, dunyoning asosiy trendlarini (masalan, “Buyumlar interneti” konsepsiyasi, shuningdek, tobora mashhur bo‘lib borayotgan yangi “Aqlli uy” texnologiyasi) tahlil etishdir.

M2M texnologiyalar hali yangi bo‘lishiga qaramay, ularga tegishli bozor va innovatsiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirda jahon bo‘ylab 2 millionta qurilmalar orasida 2 milliarddan ortiq internet-ulanishlar yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yilga borib bu raqam 18 milliardga yetishi kutilmoqda. M2M texnologiyalar biznesni rivojlantirish va optimallashtirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, M2M texnologiyalarning tezlik bilan taraqqiy topishida mobil aloqaning o‘rni bag‘oyatda salmoqli. Sababi aynan mobil aloqa arzon va samarali uyali tarmoq orqali qurilmalarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydi. Hozirda mikroprotsessor bilan jihozlangan har qanday gadjet GSM-modul yordamida uyali tarmoqqa ulanishi, boshqa qurilmalar yoki GPRS, SMS, MMS yoki CSD kanallari bilan axborot almashishi mumkin.

Joriy yilning 25 noyabr kuni o‘tkaziladigan mazkur konferensiyada M2M sohasida katta tajribaga ega mahalliy va xorijiy spikerlar qatnashadilar.

Stanislav Kokorev – Nokia kompaniyasining Janubiy-Sharqiy Yevropa mintaqasiga mas’ul marketing direktori. Telekommunikatsiya sohasida o‘n yildan beri faoliyat ko‘rsatadi, Huawei  va Nokia kompaniyalarida turli vazifalarda ishlagan.

Mixail Buxteyev – Cisco kompaniyasining mobil texnologiyalar va “Buyumlar interneti” yo‘nalishi bo‘yicha arxitektori. LPWA texnologiyalar haqida ma’ruza qiladi.

Aleksandr German – MGBot (Rossiya) kompaniyasining tijorat direktori. MGBot Rossiyadagi eng yirik, mikroelektronika yetkazib beradigan “MakroGrupp” nomli kompaniyalar guruhiga kiradi.

Nikolay Rusanov – “aqlli uy” loyihalarini yaratishga ixtisoslashgan iRidium kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori. Nikolay Rusanov “Buyumlar interneti” va “Dream App” ilovasi haqida gapiradi.

Laziz Adhamov –  SAP kompaniyasining O‘zbekistondagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejeri. Hyperconnectivity (Giper ulanish) mavzusida ma’ruza qiladi.

Akmal Payziyev – 2006 yilda sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, aloqa va axborot uzatishiga ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan tashkil qilingan Newmax Technologies kompaniyasining asoschisi. Akmal Payziyev taqdimotining mavzusi “real vaqt rejimida biznes-ma’lumotlar tahlili”ga bag‘ishlanadi.

Ulug‘bek Rustamov – SLICK kompaniyasining Bosh direktori. U M2M texnologiyalar sohasida mobil banking to‘g‘risida so‘z yuritadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga o‘ting:http://ucell.uz/ru/corporates/services_for_corporate_clients/campaigns/m2m_conference

Sizning buyurtmangizga javoban biz konferensiyaga taklifnoma yuboramiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (99893) 181- 6000, 182-9000

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.