Ucell’ning yangi aksiyasi: «Qo‘shnilarga yaqinroq» bo‘lamiz!

  •   DiMaX
  •  1543
  •  25.05.2018 12:23

Ucell’ning yangi aksiyasi: «Qo‘shnilarga yaqinroq» bo‘lamiz!

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlariga turli yangi imkoniyatlar taqdim qilishda davom etishayotir. Jumladan, mamlakatimizda o‘z xizmatlarini Ucell brendi ostida taqdim etib kelayotgan «COSCOM» MChJ ham bu borada faollik ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Endi Ucell abonentlari hisoblariga Rossiya operatorlari abonentlari hisoblaridan pul o‘tkazish mumkin!

Kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Ucell o‘z abonentlari uchun roumingda yangi – «Qo‘shnilarga yaqinroq» aksiyasini joriy etmoqda.

Endi siz dam olish, sayohat maqsadida yoki xizmat safari bilan Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga borganingizda, Ucell roumingidan foydalangan holda, o‘z do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz va hamkasblaringiz bilan ancha qulay narxlarda muloqot qila olasiz. Bu aksiyadan foydalanish uchun safarga chiqishning o‘zi kifoya: roumingda internet va suhbatlarning qulay narxlari barcha Ucell abonentlari uchun avtomatik tarzda amal qiladi.

Xabarga ko‘ra, Ucell abonentlari ushbu qo‘shni mamlakatlardagi Tcell (Tojikiston), Kcell (Qozog‘iston) va MegaCom (Qirg‘iziston) operatorlari tarmoqlarida rouming xizmatidan foydalanayotib, chegirmali narxlarda muloqotda bo‘lishlari mumkin. Ya’ni, shu qo‘shni mamlakatdagi mahalliy hamda O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi 3000 so‘mdan, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi 1500 so‘mdan, bitta SMS-xabar 300 so‘m, 1 MB internet esa 1500 so‘mdan narxlanadi.

«Qo‘shnilarga yaqinroq» aksiyasi 2018 yilning 24 mayidan boshlangan bo‘lib, 2019 yilning 30 may sanasigacha amal qiladi. Uning shartlari va boshqa batafsil ma’lumotlar bilan Ucell rasmiy saytida tanishish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: Ucell tarmoq qamrovining interfaol xaritasini taqdim etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!