Ucell «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining qamrov hududini kengaytirdi va muddatini uzaytirdi

  •   DiMaX
  •  1624
  •  30.10.2017 17:31

Ucell «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining qamrov hududini kengaytirdi va muddatini uzaytirdi

O‘zbekistonda bir necha yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan Ucell aloqa operatori o‘zining «Qulay» xizmatlar to‘plamlarida abonentlar foydasiga bir nechta o‘zgarishlar qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Aytish kerakki, mazkur to‘plamlar kompaniyaning maxsus takliflari doirasiga kiradi va «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «Qulay internet» hamda «Qulay 4G» to‘plamlarini o‘z ichiga oladi.

Mazkur to‘plamlarning har biri muayyan hududlardagi Ucell abonentlari uchun taqdim etilib kelayotgan edi. Joriy yilning 30 oktyabridan kompaniya «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining amal qilish hududini kengaytirdi va quyidagilarni yo‘lga qo‘ydi:

  1. «Tarmoq ichida qulay» to‘plami endi O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi abonentlar uchun taqdim etiladi. Ushbu to‘plamning tafsilotlarini mana bu manzilda ko‘rib olish mumkin.
  2. «Qulay 4G» xizmatlar to‘plamining amal qilish doirasi ro‘yxatiga Jizzax va Termiz shaharlari ham qo‘shildi. Demak, mazkur to‘plam imkoniyatlaridan endi Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Termiz shaharlari abonentlari foydalana oladilar. «Qulay 4G» xizmatlar to‘plamining xususiyatlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish imkoni mavjud.
  3. Barcha turdagi «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining amal qilish muddati to 2018 yilning 30 apreliga qadar (shu kuni ham kiradi) uzaytirildi.

Demak, operator saytida ta’kidlanganidek, «o‘zingizga mos «Qulay» xizmatlar to‘plamini tanlashingiz va istalgan payt qulay muloqot qilishingiz» mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!