Uch modulli kameraga ega Huawei P11 X videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  1699
  •  25.12.2017 13:59

Uch modulli kameraga ega Huawei P11 X videosi chiqdi

2017 yilda smartfonsozlikda avj olgan trendlardan biri asosiy kameraning ikkita sensorli bo‘lishidir. Hatto ayrim kompaniyalar selfi-kamerasi ikkita datchikka ega qurilmalar ham taqdim etishdi. Huawei esa bu borada yanada ilgarilab ketib, navbatdagi flagmaniga uchta ob’yektivga ega asosiy kamera o‘rnatishga qaror qildi.

O‘QING: Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

Xitoylik texnogigantning mazkur smartfoni haqidagi turli xabarlar, «sizib chiqqan» ma’lumotlar asosida uning render suratlari ham yaratilgan. Endi esa, YouTube’dagi Soncept Sreators kanali mualliflari bu kompaniyaning bo‘lajak flagmani – Huawei P11 X modelining uch o‘lchamli modelini ham yaratib, videosini kanalga joylashdi.

Quyida mazkur videolavhani birga tomosha qilamiz:

Xabarlarga ko‘ra, Huawei P11 X korpusi shisha va metalldan ishlanadi. Kamerofon sifatida taqdim etilayotgani uchun, unda kamera uchun alohida tugmacha ham bor. Smartfonning asosiy kamerasi yanada ko‘proq yorug‘likni qamrab olishi uchun butun boshli uchta modul bilan ta’minlangan. Natijada, u hatto yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ham fotosuratlarning sifatli chiqishiga, shuningdek, yanada kengroq diapazonda optik zumni amalga oshirishga imkon beradi. Taxminlarga ko‘ra, kamera modullari umumiy 40 megapikselga ega, zum esa besh karrali bo‘ladi.

Huawei P11 X kamerofonining old kamerasi ham zo‘r – ikkita yorug‘lik sensoriga ega bo‘lib, u va boshqa datchiklar uchun ekranda «o‘yiq» ochilgan. Bu dizayni bilan u iPhone X superflagmanini eslatadi; shu bois ham konsept-video mualliflari model nomiga X harfini qo‘shishgan.

O‘QING: Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

Aytish kerakki, Huawei’ning mazkur smartfoni hali rasman taqdim etilgani yo‘q. Shunday ekan, uning narxi ham ma’lum emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!