Uch modulli kameraga va «o‘yiq»li ekranga ega Huawei P20 ilk rasmiy reklama posterida ko‘rsatildi

  •   DiMaX
  •  1275
  •  06.03.2018 15:28

Uch modulli kameraga va «o‘yiq»li ekranga ega Huawei P20 ilk rasmiy reklama posterida ko‘rsatildi

Ayni damda kutilayotgan muhim taqdimotlardan biri – Huawei kompaniyasi tomonidan 27 martda Parijda tashkil etilayotgan matbuot anjumanidir. Mazkur tadbirda namoyish qilinadigan Huawei P20 turkumiga mansub smartfonlar dastlab uchta bo‘lishi aytilayotgan edi, ammo kechagina ularning to‘rtinchisi haqida ham xabar tarqaldi.

O‘QING: Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

Ushbu smartfonlarning turli ma’lumotlari, «jonli» olingan rasmlari ham internetda tarqalgan. SlashLeaks portalida esa bugun xitoylik texnogigantning Huawei P20 uchun tayyorlagan birinchi reklama posteri ham e’lon qilindi. Kutilayotganidek, unda aks ettirilgan smartfon ekranining tepasi o‘rtasida, xuddi kupertinoliklarning iPhone X superflagmanidagi singari «o‘yiq» bor. Ushbu «kemtik»da selfi-kamera, yaqinlashuv datchigi va boshqa sensorlar o‘rin olgan.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Huawei P20 orqa panelidagi bosh kamera chindan ham uchta ob’yektivga ega. Lekin ulardan ikkitasi bitta hoshiyaga olingan, uchinchisi esa alohida joylashgan. Shunga qaraganda, kameraning shu ikkita asosiy moduli foto va videolar suratga olish uchun qo‘llanadi, uchinchisi esa qo‘shimcha funksionalga ega bo‘ladi. Kamera sensorlari ostida qo‘shaloq LED-chaqnoq hamda Leica yozuvi mavjud.

Ko‘rib turganingizdek, Huawei korporatsiyasi ham, ko‘pchilik xitoylik smartfonsozlar kabi, iPhone X’ning asosiy «fishka»laridan birini ko‘chirishga kirishdi. Xuddi shu Apple hamda Samsung bilan birga dunyodagi yetakchi smartfonsozlar uchligiga kiruvchi bu kompaniya raqiblariga taqlid qilmasa ham bo‘larmidi...

Darvoqe, Huawei’ning yurtdoshi – uningchalik yetakchi bo‘lmasa-da, jadal rivojlanib kelayotgan boshqa bir kompaniya ham ayni shu 27 martga taqdimot belgilaganidan xabaringiz bor-a?

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!