Uch xil talqindagi Galaxy S10’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2577
  •  14.08.2018 08:30

Uch xil talqindagi Galaxy S10’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Internet kengliklarida Samsung’ning yubiley flagmani – Galaxy S10 xususida ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda. AllAboutSamsung resursi uning uchta datchikka ega bosh kamerasi haqidagi tafsilotlarni ham baham ko‘rdi.

O‘QING: Galaxy S10 millionlab insonlarni hayratga soladi

Xabaringiz borki, janubiy koreyalik gigant Galaxy S10’ni biryo‘la uchta talqinda chiqarmoqchi. Ular texnik xususiyatlari, displeylari va kamera konfiguratsiyalariga, shuningdek albatta narxiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi.

Galaxy S10 modellaridan «kichkina»siga 5 dyuymli, chetlari dumaloqlanmagan ekran hamda yakka ob’yektivli kamera nasib etadi. Standart  Galaxy S10 esa o‘z «ajdod»idan 5,8 dyuymlik, qirralari qayrilgan displeyni meros qilib oladi. Uning asosiy kamerasi qo‘shaloq bo‘lishi aytilmoqda. «Katta» Galaxy S10 Plus versiyasini esa kompaniya 6,44 dyuymlik displey va uchta sensorli bosh kamera bilan jihozlamoqda.

O‘QING: Galaxy S10 naq uch xil modifikatsiyada chiqadi, ulardan biri Huawei P20 Pro’ni «yer tishlatadi»!

AllAboutSamsung nashriga ko‘ra, bu flagman bosh kamerasining asosiy datchigi 12 megapikselli bo‘lib, xuddi Galaxy S9 kamerasidagi singari ikki xil – f/1,5 hamda f/2,4 aperturalidir. Yordamchi modullardan biri 13 megapikselli va f/2,4 aperturali; yana biri esa 16 megapikselli va keng burchakli – 123° qamrovga ega f/1.9 aperturali sensor hisoblanadi.

Taxminlarga ko‘ra, standart Galaxy S10 versiyasi bosh kamerasi ham keng burchakli modulga ega bo‘lishi mumkin. Shu va S10 Plus talqinlarida barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiya qilinadi. Nisbatan hamyonbop «kichik» modifikatsiyada esa bu datchik korpusning yon qirrasidan o‘rin oladi.

Samsung Galaxy S10 turkumi kelasi yilning fevralida – Mobile World Congress 2019 anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S10: uzoq kutilgan funksiyasining qanday ishlashi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!