Uchar “qanotlar” va «aqlli» tuvak

Uchar “qanotlar” va «aqlli» tuvak

CES-2016 elektronika ko‘rgazmasida Parrot kompaniyasi dronlar, ajoyib gadjetlar va avtomobil elekronikasini namoyish etdi. Jumladan, dronlar turkumida Parrot Disco qurilmasi ham bor. Unga frontal kamera o‘rnatilgan.

parrot_disco

Parrot Bebop 2 droni esa minimal og‘irligi(500 gramm), keng maydonni tasvirga tushirish uchun ixtisoslashgan Full HD-kamerasi va parvoz paytida 25 daqiqa ishlay olish imkoniga ega ekani bilan farq qiladi.

«Aqlli» tuvak Parrot Pot deb ataladi. U o‘simlikning o‘sishini va sug‘orish jarayonini o‘lchab, eng muhim parametrlar bo‘yicha tekshirib boradi. Qurilma uchun Flower Power 2.0 ilovasi ishlab chiqildi. Ilovadan 8000 dan ortiq o‘simliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Parrot_Pot

Shuningdek, kompaniya ko‘rgazmada Parrot Simple Box avtomobil resiveri hamda Smart Antenna nomli Ethernet`ga ulanish imkonini beruvchi tyunerni ham namoyish qildi.

Parrot_Simple_Box

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!