Ulefone Armor smartfoni ikki qavatli korpus bilan himoyalangan

Ulefone Armor smartfoni ikki qavatli korpus bilan himoyalangan

Xitoyning Ulefone kompaniyasi Sorning Gorilla Glass 3 shishasi bilan qoplangan 4,7 dyuymli HD ekranga ega va ikki qavatli korpus bilan himoyalangan Armor smartfonini namoyish qildi. Kompaniyaning rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Ulefone Armor modelining korpusi polikarbonat va yuqori haroratli poliuretandan yasalgan hamda suv kirishidan IP68 standarti bilan himoyalangan.

Smartfonning orqa tarafi prorezina bilan qoplangan va 5 ta to‘rtburchakka ajratilgan. Dinamik va mikrofon suv o‘tkazmaydi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Ulefone Armor ekstremal sport turi bilan qiziqadigan va ko‘p sayohat qiladigan foydalanuvchilarga manzur bo‘ladi.

Modelga sakkiz yadroli Mediatek MT6753 (64-bit) protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Batareyasining sig‘imi 3500 mA/soat. 2/3/4G va CDMA/TDD-LTE tarmoqlarida ishlay oladi. Asosiy kameraning aniqligi 13 Mp. Bundan tashqari, smartfonda SOS yordam tugmasi ham ko‘zda tutilgan.

Modelga oldindan buyurtma berish jarayoni ochilgan, narxi 160 dollarni tashkil qiladi.