Ulkan Honor Note 10: “jonli” suratga qarab baho bering

  •   Saroy
  •  1614
  •  07.07.2018 11:03

Ulkan Honor Note 10:  “jonli” suratga qarab baho bering

Honor Note 9 endi chiqmaydiganga o‘xshaydi, chunki   tarmoqlarda Honor Note 10 modelining “jonli” surati namoyish qilindi.

Shubhasiz, rasmda yangi qurilma juda zo‘r ko‘rinmoqda: orqa panelning oynaday tovlanishi, qurilmani  xuddi suyuq metaldan yasalgandek, fikr uyg‘otadi, kishida. Shuningdek, orqasida ikkitalik vertekal kamera ko‘rinib turibdi (mish-mishlarga qaraganda, 16 Mp, yana sun’iy intellekt funksiyasi bilan), uning ostida esa  barmoq izlari skaneri ham bor ekan. Qurilmada Ravel so‘zi bor, bu Honor Note 10’ning kod raqami bo‘ladi.

O‘QING:Honor’dan ulkan smartfon: 6,9-dyuymli S-AMOLED-ekrani bilan

Fablet 6.9 dyumli Super AMOLED displeyi bilan ta’minlanadi. Uning formati 2K, 6 GB OZU, 128 GB PZU. Protsessori sakkiz yadroli Kirin 970  va  batareya sig‘imi 6000 mAch.

Bundan tashqari, Honor bo‘limi rahbari Chjao Ming (Zhao Ming) Honor Note 10 smartfonida ilk bor qo‘llanilayotgan navbatdagi “qo‘rqinchli texnologiya” haqida ham ma’lum qildi. Ana shunday texnologiyaning  avvalgisi grafikli tezlatkichli GPU Turbo bo‘lgandi. Darvoqe, yangi fablet ushbu texnologiyadan ham voz kechganicha yo‘q.

O‘QING:Huawei 200 millionta smartfon sotadi, lider kim bo‘ladi?

Honor Note 10 smartfoni taqdimotining aniq sanasi haqida ma’lum qilinmadi, ammo iyul-avgust oylari bo‘lishi kutilmoqda. Huawei shundog‘am, ushbu gadjetni chiqarishni cho‘zib yubordi, axir bundan oldingisi ikki yil avval, ya’ni 2016 yilda chiqqan edi-da.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!