UltraCast: Mediatek’dan smartfon ekranidagi 4K kontentni televizorga uzatadigan texnologiya

UltraCast: Mediatek’dan smartfon ekranidagi 4K kontentni televizorga uzatadigan texnologiya

Asosan teleofon protsessorlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xitoyning Mediatek kompaniyasi smartfon/planshet ekranidagi 4K kontentni televizor, monitor va proyektorga Wi-Fi standarti orqali uzatadigan UltraCast nomli texnologiyani namoyish qildi. Yangi texnologiya Helio seriyasidagi protsessorlar hamda MediaTek 4K Ultra HDTV chipseti o‘rnatilgan qurilmalarda ishlashi ma’lum qilingan.

4PDA saytida bkrilgan xabarga ko‘ra,  ushbu texnologiya faoliyati uchun Mediatek video sifatini kuchaytiradigan va uzatishdagi tanaffuslarni bartaraf etadigan maxsus algoritmni ishlab chiqqan.

UltraCast ochiq platforma bo‘lib, undan kelajakda smartfon, planshet va TV-pristavka tayyorlaydigan firmalar, shu bilan bir qatorda, raqamli televideniye bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar ham foydalanishlari mumkin. Texnologiya foydalanuvchilarga 4K kontentni taqdim etish uchun keng imkoniyatlar beradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.