UMi Z – o‘n yadroli MediaTek Helio X27 protsessorida ishlaydigan ilk smartfon
Xitoyning UMi kompaniyasi MediaTek Helio X27 protsessorida ishlaydigan birinchi smartfon – UMi Z modelini namoyish qildi, deb yozmoqda The Gadgets Freak nashri.
MediaTek Helio X27 protsessori 10 ta yadro bilan ta’minlangan va boshqa analoglardan yanada tezkor ishlashi bilan farqlanadi.
UMi Z qurimasida 4 GBli operativ xotira, 32 GB doimiy xotira va ikkita SIM-karta sloti ko‘zda tutilgan. USB Type-C porti va barmoq izi skaneriga ega. Modelga Sharp tomonidan yaratilgan IGZO ekran (Full HD aniqligida), 3780 mA/soat sig‘imidagi batareya, GPS, GLONASS, Bluetooth 4.1LE va Wi-Fi 802.11a/b/g/n interfeyslari o‘rnatilgan.
UMi Z Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Asosiy va old kameralarning aniqligi – 13 MP.
Smartfon 29 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi, narxi 280 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.