UmiDigi 99 dollarlik Crystal romsiz smartfonini yetkazib bera boshladi (+video)

  •   DiMaX
  •  1977
  •  26.08.2017 10:59

UmiDigi 99 dollarlik Crystal romsiz smartfonini yetkazib bera boshladi (+video)

Xitoyning UmiDigi kompaniyasi o‘zining Crystal romsiz smartfoni bo‘yicha olingan buyurtmalarni yetkazib bera boshlaganini ma’lum qildi. Mazkur qurilma uchun 99 AQSh dollari evaziga oldindan buyurtma berish bo‘yicha aksiya joriy etilgan edi.

UmiDigi Crystal’ning bazaviy varianti uchun $99, kengaytirilgan talqini uchun esa $130 narx belgilangan. Birinchi variantdagi Crystal 1,5 GGs taktli chastotada ishlovchi to‘rt yadroli MediaTek MT6737 chipsetiga ega. Uning tezkor xotirasi 2 GB, doimiy xotirasi esa 16 GBni tashkil etadi. Kengaytirilgan variantdagi smartfon bo‘lsa 1,5 GGs chastotadagi sakkiz yadroli MediaTek MT6750T chipida ishlaydi, yana unga Mali-T860MP2 videotezlatgichi ham o‘rnatilgan. Mazkur qurilmaning tezkor xotirasi 4 GB, ichki xotirasi esa 64 GB hajmga ega.


Har ikkala variantdagi smartfonga diagonaliga 5,5 dyuymlik, Full HD (1920 x 1080 pikselli) sifatli Sharp IGZO displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u old panelning 88 foizini egallagan. Displeyning ostki qismida chiziqcha tarzidagi LED-indikator, orqa panelda esa Touch ID 2.1 barmoq izi skaneri joylashgan. Gadjetlarning asosiy kamerasi 13 hamda 5 megapikselli qo‘shaloq modulga ega; old kamerasi esa 5 megapiksellidir. UmiDigi Crystal’ning 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorini USB Type-C porti orqali quvvatlash mumkin. Devays Android operatsion tizimining 7.0 Nougat talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!