UMS’dan yana xushxabar: navbatdagi yangi tarif juftligi!

  •   DiMaX
  •  4635
  •  16.03.2018 14:13

UMS’dan yana xushxabar: navbatdagi yangi tarif juftligi!

Bu yilning bahori O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari uchun sermahsul kelmoqda. Masalan, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi yaqindagina olti kun ichida to‘rtta yangi tarif joriy etgan edi.

O‘QING: Xushxabar: UMS yana birdaniga ikkita yangi tarif chiqardi!

Bugun – 2018 yilning 16 martida ushbu operator yana bir juft yangi tarif rejasini e’lon qildi. Bular – «Qulay» hamda «Qulay+» deb nomlanuvchi tarif rejalaridir.

«Qulay» tarif rejasi faol suhbat qiladigan abonentlarga mos keladi. Unda oyiga O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 800 daqiqa, 1200 MB hajmida internet-trafik hamda 800 ta SMS-xabar taqdim etiladi.

O‘QING: UMS va Samsung aksiyasi: smartfon xarid qilib, sovg‘aga ega bo‘ling!

Ikkinchisi – «Qulay+» tarif rejasida esa abonentlarning internetdan foydalanish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor berilgan. Unda mijozlarga har oyda 2000 megabayt hajmida trafik, shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 400 daqiqa va 400 ta SMS-xabar ham ajratiladi.

Har ikkala tarif rejasida abonent to‘lovi oyiga 42 000 so‘mni tashkil etadi. «Qulay» va «Qulay+» tarif rejalari haqida batafsil ma’lumot olish va ularning shartlari bilan tanishish uchun UMS kompaniyasi saytiga kirishingiz mumkin.

O‘QING: UMS shu bahordayoq yana yettita tarif chiqarmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.