UMS «Mobil TV» xizmatini yanada qulaylashtirdi!

  •   DiMaX
  •  4141
  •  03.04.2018 15:22

UMS «Mobil TV» xizmatini yanada qulaylashtirdi!

Shu bahorning o‘zida o‘z abonentlari uchun naq to‘qqizta yangi tarif joriy etgan Universal Mobile Systems yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar uchun ham tarif rejalari taqdim qildi. Shuningdek, bu kompaniya turli aksiyalar bilan ham o‘z mijozlarini xushnud etib kelayotir.

O‘QING: UMS sayyohlar uchun tarif rejalarini ishga tushirdi

Kompaniya saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, UMS o‘zining «Mobil TV» xizmatiga ham o‘zgartirishlar kiritib, uni yanada qulay qilgan. Endi bu xizmat bo‘yicha nafaqat obuna muddatini (1, 7 yoki 30 kun), balki xizmat turini («Online TV», Player.uz yoki Allmovies.uz) ham tanlash mumkin!

Masalan, bir hafta davomida faqat horijiy film va seriallarni ko‘rmoqchisiz. Buning uchun Allmovies.uz’ga 7 kunlik obunani (7368,11 so‘mga) rasmiylashtirishingiz mumkin.

Yoki biror kanaldan namoyish qilinadigan futbol ko‘rmoqchisiz-u, lekin shu payti ko‘chada bo‘lib qoldingiz. «Online TV»ga 1 kunga (4210,35 so‘mga) obuna bo‘ling va sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!

Operatorning ma’lum qilishicha, barcha shartlar Allplay ilovasidan foydalangandagina amal qiladi. Ushbu xizmat shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni UMS rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: UMS va Samsung aksiyasida yangi xushxabarlar bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!