UMS nomi o‘chyapti, Mobiuz’ni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  5472
  •  29.11.2019 12:22

UMS nomi o‘chyapti, Mobiuz’ni qarshi oling!

Universal Mobile Systems (UMS) uyali aloqa operatori o‘z nomini o‘zgartirishi haqida biz 2018 yilning dekabridayoq xabar bergan edik. Nihoyat, kompaniya shu rebrendingni amalga oshirish sanasini belgiladi.

O‘QING: Prezident qarori bilan UMS egasi o‘zgardi

Taniqli bloger Umid G‘afurovning o‘z Feysbuk profilida e’lon qilishicha, UMS operatori taqdimotga taklifnoma jo‘natmoqda. Taklifnoma ham oddiy emaas – qizil rangli maxsus qutichaga solingan, yoniga pled va elektron kitob o‘qigich – bukrider ham qo‘shilgan.

Operatorning yangi nomi Mobiuz bo‘lishi ma’lum. Taklifnomaga ko‘ra, rebrendingga bag‘ishlangan tadbir 2 dekabrga belgilangan. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzating.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!