UMS sayyohlar uchun tarif rejalarini ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  1987
  •  31.03.2018 13:28

UMS sayyohlar uchun tarif rejalarini ishga tushirdi

UMS mobil operatori uyali aloqa operatorlari o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kirib kelayotgan xorijiy turistlar uchun maxsus tarif rejalarini tijoriy foydalanishga topshirdi. Yangi tarif rejalari kompaniyaning rasmiy hamkori Uzbekistan Pass onlayn servisining ochilish marosimida taqdim etildi.

O‘QING: Xushxabar: UMS endi birdaniga uchta yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

O‘zbekistonda turistik sohani jadal rivojlantirish uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uzbekistan Pass onlayn servisining ishga turilishi ham ushbu islohotlarning yorqin ko‘rinishidir. Mazkur servis mehmonxonalarga oldindan buyurtma berish, turistik marshrutlarni tanlash, aviachiptalar va temir yo‘l chiptalari, turpaketlarni onlayn tarzda xarid qilish, transfer xizmatlari va avtotransportni ijaraga olish, diskont (chegirmalar) dasturi, kunu tun turistlarni qo‘llab-quvvatlash kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan.

UMS uyali aloqa operatori Uzbekistan Pass servisining rasmiy hamkorlaridan biridir. Bu bejiz emas, zero, xorijiy mehmonlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish mobil aloqa sohasiga ham bevosita bog‘liq. UMS mobil operatori yurtimizga kelgan har bir mehmon safari yakunlangunga qadar o‘zini qulay his qilishidan manfaatdor. Xalqaro tajriba hamda milliy turistik bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, kompaniya xorijiy sayyohlar uchun maxsus tarif rejalarini ishlab chiqdi. Ularga 30 martdan boshlab ulanish ochilgan, buning uchun chet el fuqarolari o‘z pasportlarining asl nusxasini va unga O‘zbekistonga kirib kelganliklarini tasdiqlovchi chegara xizmati tomonidan qo‘yilgan qaydini taqdim etishlari kerak, xolos. Tarif rejalariga ulangan kundan boshlab 30 kun ichida ulardan foydalanish mumkin.

O‘QING: UMS va Samsung aksiyasida yangi xushxabarlar bor!

Turistik tarif rejalaridan birinchisi – «Uzbekistan Pass 2000» tarifi bo‘lib, u 2000 megabayt va 50 daqiqani o‘z ichiga olgan. Uning abonent to‘lovi atigi 21 ming so‘m. Ikkinchi tarif rejasi – «Uzbekistan Pass 5000» bo‘yicha esa 42 ming so‘m evaziga 5000 megabayt va 100 daqiqa beriladi.

UMS’ning turistik tarif rejalari abonentlari «Uzbekistan Pass» mobil ilovasidan foydalanayotganlarida Internet uchun haq olinmaydi.

Bundan tashqari, «Uzbekistan Pass 2000» va «Uzbekistan Pass 5000» foydanuvchilari alohida daqiqa va Internet to‘plamlarini ulashlari, xalqaro yo‘nalishlarda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

O‘QING: UMS korporativ mijozlari qanday qulayliklarga ega?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!