Umuman tugmachasiz va tirqishsiz «kelajak smartfoni»ni 24 yanvardayoq ko‘ramiz. Uni kim tayyorlagan?

  •   DiMaX
  •  2486
  •  15.01.2019 14:48

Umuman tugmachasiz va tirqishsiz «kelajak smartfoni»ni 24 yanvardayoq ko‘ramiz. Uni kim tayyorlagan?

Bir necha kun avval internetda antiqa telefonning bir qismi aks ettirilgan suratlarni ko‘rsata boshlashgan. Kodli nomi The Waterdrop («suv tomchisi» degani) bo‘lgan ushbu qurilmani biror yetakchi smartfonsoz emas, xitoylik dadil bir kompaniya tayyorlagan.

O‘QING: Kelajak smartfonlarida interfeys qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Bu o‘sha – daktiloskopli ekranga ega ilk smartfon bilan yetakchi smartfonsozlarni dog‘da qoldirgan Vivo kompaniyasi mahsulotidir. Mazkur ishlab chiqaruvchi e’lon qilgan yangi reklama posterida tushunarsiz bir narsaning uch o‘lchamli modeli aks ettirilgan. Aftidan, Vivo dizaynerlari suv tomchisini shunday ifodalashgan bo‘lsa kerak.

Posterdagi yozuvni «Kelajak telefoni qanaqa o‘zi?» tarzida o‘girish mumkin. Uning ostida esa taqdimot sanasi – 2019 yilning 24 yanvari qayd etilgan.

Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, ushbu inqilobiy smartfon Vivo Apex 2 modeli sifatida bozorga taqdim etiladi. Qurilmaning model raqami EKI1831 ekanligi ham ma’lum, uning boshqa xususiyatlari bilan tanishish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Qarshi oling: iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq texnologiyani Vivo yaratdi! (+video)