Uniti One: tirbandlikdan qo‘rqmaydigan elektromobil

  •   Saroy
  •  1145
  •  06.08.2018 17:14

Uniti One: tirbandlikdan qo‘rqmaydigan elektromobil

Shvetsiyaning Team Uniti  startapi Uniti One deb nomlanuvchi ixcham elektromobilni taqdim etdi.  Yangi qurilma tirband ko‘chalarda juda asqotadi va tez kunlarda Shvetsiya shaharlari ko‘chalarida paydo bo‘ladi.

Mashinaning gabaritlari 2,91×1,428×1,275 metr va og‘irligi 450 kg.  Uniti One haydovchi va yo‘lovchi uchun ikkita o‘rindiq, shuningdek, 22 kVtch sig‘imga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Yaratuvchilarning aytishicha, mashina bir quvvatlangandan keyin 300 kilometrlik masofani bosib o‘ta oladi. Mitti elektromobilchaning tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etadi. Mashinaning  korpusida xavfsizlik tugmalari bor, mashinaning o‘zi esa xuddi samolyotlarga o‘xshab  rul joystiki bilan boshqariladi. O‘rtada displey joylashgan bo‘lib unja haydovchi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar aks etib turadi.

O‘QING:General Motors 2023 yilgacha 20 xil yangi elektromobil ishlab chiqaradi

Futuristik mitti elektrokar Uniti One allaqachon sinovdan o‘tgan va avtobozorni  zabt etishga shay bo‘lib turibdi. Elektr quvvati bilan yuradigan ushbu yangi harakat vositasining qaysi sanada chiqishi noma’lum. Ammo konstruktorlar mashina 2019 yilning boshida sotuvga chiqishini ta’minlamoqchi ekanini aytishmoqda. Qolaversa, xabarda  yangi elektrokar maqbul narxlarda xaridorlarga taklif etilishi ham ma’lum qilingan.

O‘QING:Bu texnologiya qudratli neft sanoatini inqirozga uchratadi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.