USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X rekord darajadagi summaga sotildi

USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X rekord darajadagi summaga sotildi

Robototexnika magistri Ken Pillonel iPhone X qurilmasiga USB-C portini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan edi.

O‘tgan hafta ushbu smartfonning kim oshdi savdosi boshlangan edi. O‘tgan kecha esa kim oshdi savdosi o‘z nihoyasiga yetdi. Auksion davomida smartfonga 116 ta taklif bo‘ldi, yakunda u 86 001 dollarga sotildi. 

O‘tgan haftada taklif 85 000 dollarni tashkil etdi va so‘nggi bir necha kun ichida u 86 001 dollargacha ko‘tarildi. Savdo davomida ba’zi takliflar bor edi, biroq ular keyinroq qaytarib olindi, jumladan bir million dollarlik soxta taklif e’lon qilingandi, biroq bir soat o‘tmay ushbu taklif tarmoqdan o‘chirib tashlandi. 

Ushbu qurilmani sotib olgan xaridor smartfonni ichini ochmasligi hamda qismlarni yangilamasligi kerak. Aks holda, smartfonga berilgan barcha kafolatlar bekor qilinadi. 

O‘QING: USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X sotuvga chiqdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!