USB-C portli AirPods yaratildi

USB-C portli AirPods yaratildi

Ken Pillonel avvalroq smartfonlarda ikkita tajribani o‘tkazgan edi: o‘tgan yilning noyabr oyida muhandis muvaffaqiyatli tarzda iPhone X modeliga USB-C portini, keyinchalik, aniqroq qilib aytganda, shu yilning aprel oyida Galaxy A51 modeliga Lightning portini o‘rnatgan edi.

USB-C portli iPhone X kim oshdi savdosidan naq 86,000 dollarga sotildi. Endi Pillonel USB-C portiga ega AirPods keysini yaratishga harakat qildi. U barcha ish jarayonini videoga yozib oldi. Dastavval muhandis Apple servisiga telefon qildi va AirPods keysining yoki akkumulyatori yoki Lightning porti ishdan chiqqanini ta’kidlab, uni almashtirish mumkinligini so‘radi. Operator esa Pillonelga keysni almashtirishni maslahat berdi. 

AirPods akkumulyatorini topish qiyin emas, u nisbatan arzon. Lightning portini topish esa qiyin masala, chunki uni veb-saytdan sotib olib bo‘lmaydi. AirPods keysining zaryadlash portini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, boshqa qulqochinning keysini topishingiz kerak bo‘ladi.

Pillonel AirPods keysini ichini ochib ko‘rishi kerak edi, ammo bu jarayonda keysinining ust qatlami sinishi aniq edi. Shuning uchun, u o‘zi AirPods keysini yaratishga qaror qildi. 

Pillonel o‘z dizaynlarini ochiq manba sifatida yaratdi, shunda bu loyihani har bir kishi o‘zi amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. U bu yechimlarni taqdim etish orqali AirPods keyslarini tashlab yubormasdan, uni qayta ta’mirlash mumkinligiga umid qilmoqda.

O‘QING: Apple o‘z qurilmalariga iOS 15.6 va iPadOS 15.6 yangilanishlarini jo‘natishni boshladi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.