Uyali aloqa operatori koronavirus sababli bir qator saytlarga kirishni bepul qildi!

  •   DiMaX
  •  2419
  •  18.03.2020 12:56

Uyali aloqa operatori koronavirus sababli bir qator saytlarga kirishni bepul qildi!

Beeline aloqa operatori 18 martdan boshlab qator yangiliklar saytlaridan foydalanishda abonentlardan internet-to‘lovi olmaslikka qaror qildi. Bu xususda kompaniya o‘z rasmiy saytida bayonot bergan.

O‘QING: Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

«Sizlar COVID-19 koronavirusining tarqalishi haqida yirik va ishonchli manbalardan tezkor va, eng muhimi, rasmiy ma’lumotlarni olishingizni istaymiz», – deyiladi unda.

O‘zbekistondagi Bilayn abonentlari uchun quyidagi saytlarga kirish narxlanmaydi va internet-trafik uchun haq olinmaydi:

Bepul kirish ma’lum IP-manzillar to‘plamida taqdim etiladi. Bepul kirish ta’minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, tarif rejaga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi.

Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish taqdim etilmaydi.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.