Uysiz dasturchi internetni larzaga solib, o‘ziga ish topdi

  •   Saroy
  •  1428
  •  03.08.2018 17:10

Uysiz dasturchi internetni larzaga solib, o‘ziga ish topdi

Devid Kasares startapni ishga tushirmoqchi edi, bor-buduni tikdi va xonavayron bo‘ldi. Endi u uysiz qoldi. Biroq qaysarligi va topqirligi o‘z natijasini berdi. U veb-dpsturchi bo‘lib ishga kirdi.

Omadi yurishmagan veb-dasturchining fotografiyasi qo‘lida karton qog‘ozli tablechkasi bilan  o‘tgan juma kuni tvitter’da paydo bo‘ldi. Yigit o‘zining  uysizligi haqida ma’lum qilgan, lekin non yoki pul, yoki bir kechaga joy so‘ramagan. «Ryezyumeni oling», — deyilgandi qo‘lbola plakatda.

 «Kun qahramoni» — Devid Kasares, Texasdagi A&M universitetini tomomlagan, qolaversa uning dasturiy ta’minot bo‘yicha uch yillik tajribasi ham bor.  2017 yil sentyabrda u ishdan bo‘shab,  o‘zining startapini ochish uchun Kremniy vodiysiga keladi. Ammo u imkoniyatini to‘g‘ri chamalay olmagan ekan, natijada reja barbod bo‘ladi va bor-budidan ajraladi. Bir chaqasi ham qolmagan Devid ikki oy furgonda yashaydi. Ammo vaqti kelib ijara pulini ham to‘lay olmay qoladi. U hiyobondagi skameykalarda yotib yurishga majbur bo‘ladi.

Devida Kasaresning rasmi bir zumda internet tarmoqlarida tarqalib ketdi. 

Nihoyat natija u kutgandek bo‘ldi. 26-yoshli sobiq xodimga General Motors,  Google, Neflix va  LinkedIn kabi o‘nlab kompaniyalardan takliflar kelib tushdi. Endi uning uchun faqat ishni tanlash qolgandi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!