O‘zbek olimlari o‘ta ingichka bazalt tolasini olish usulini ixtiro qilishdi

O‘zbek olimlari o‘ta ingichka bazalt tolasini olish usulini ixtiro qilishdi

O‘zbekistonlik olim Vadim Shevchenko o‘ta ingichka bazalt tolasini olish usulini ixtiro qildi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur ixtiro mineral tolalar olish texnologiyasi, xususan, issiqlik o‘tkazuvchanligi past, tovush izolyasiyasi yuqori bo‘lgan bazalt tolasini olish usuliga tegishli. Uning vazifasi fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangan o‘ta ingichka bazalt tolasini olish usulini yaratishdan iborat.

Muallifga ushbu usul uchun № IAP 05129 raqamli patent berildi.

Ma’lumot uchun, o‘ta ingichka bazalt tolasi issiqlik o‘tkazmaslik va yong‘inga bardoshligi sababli turar-joy binolari va sanoat inshootlari va boshqa binolarda keng qo‘llaniladi. Xususan, xo‘jalik gaz va elektr plitalari, sanoat va xo‘jalik muzlatkichlarida ishlatiladi.

Germaniyaning EDAG muhandislik byurosi esa ishlab chiqarishda bazalt tolasidan foydalanilgan avtomobil konseptini taqdim etgan. Xabarlarga ko‘ra, mazkur material o‘zining yengilligi, mustahkamligi va ekologik jihatdan xavfsizligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, avtomobillarda qo‘llanilayotgan alyumin va ugleplastikaga qaraganda ancha arzon.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!