O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining virtual qabulxonasi ochildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni fuqaro (iste’molchi)larning murojaatlarini qabul qilishni samarali tashkil etish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Iste’molchilar tomonidan ariza, taklif va shikoyatlar Federatsiyaning internet tarmog‘idagi rasmiy www.istemol.uz veb-sayti orqali elektron (onlayn) qabul qilinib, belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka asosan ko‘rib chiqiladi.

Murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-sahifa yoki Federatsiya tizimida yagona 1091 Ishonch telefoni orqali yo‘llash imkoniyati mavjud. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining matbuot va axborot bo‘limi ma’lum qildi, deb Uz24.uz yozmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.