O‘zbekiston mobil operatorlari har bir abonent uchun 2 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi

O‘zbekiston mobil operatorlari har bir abonent uchun 2 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi

O‘zbekiston hukumati 2017 yil 1 yanvaridan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamining ishlatilishi uchun to‘lov narxini oshirdi, deb yozadi Sof.uz.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu bilan bir qatorda, mablag‘larning 85 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va 15 foizi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish Jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ular investitsion loyihalar va axborotlashtirish dasturlari hamda telekommunikatsion tarmoqlarni rivojlantirishda ishlatiladi.

To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlari soni esa to‘lov kiritilayotgan oyning oxirgi sanasidagi ko‘rsatkichga ko‘ra belgilanadi.

Hukumat mazkur to‘lovni 2012 yilda joriy etgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!