O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunining loyihasi ma’qullandi. Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.Qonun loyihasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va jamiyat boshqaruvida keng joriy qilish, “yagona oyna” tizimi orqali onlayn xizmatlarning ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlash orqali fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, boshqaruv jarayoni bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish kabi masalalarni qamrab olgan.

Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida Janubiy Koreyaning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek Rossiya federatsiyasi, Belorussiya, Bolgariya, AQSh kabi mamlakatlarning bu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari yaqindan o‘rganib chiqilgani aytilmoqda.

Qonun loyihasi ko‘rib chiqilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!