O‘zbekiston Telegram’dan foydalanuvchilar soni bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda

O‘zbekiston Telegram’dan foydalanuvchilar soni bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda

Combot servisi Telegram messenjeri jahonning aynan qaysi mamlakatlarida eng ommabop ekani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Bunda asosan Google Play va iOS Store’dagi ma’lumotlarga tayanilgan, deb yozadi Daryo.uz.

2017 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra Telegram eng ommabop bo‘lgan mamlakat Eron bo‘lib turibdi — mamlakat internet foydalanuvchilarining 44,7 foizi Telegram’dan foydalanadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Malayziya va O‘zbekiston joy olgan. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatida aholining 18,3 foizi, O‘zbekistonda 16,2 foizi Telegram’dan muntazam foydalanadi.

Telegram Singapur (11,3 foiz), Ispaniya (10,6), Italiya (10,5), Saudiya Arabistoni (9,9), Braziliya (8,7), BAA (7,9) va Gollandiya (7,1)da ham ommabop ekani qayd etilgan. Rossiya umumiy ro‘yxatda 11-o‘rinni egallagan (6,3 foiz).

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, reytingdan Telegram’dan foydalanadiganlar soni 1 milliondan ortiq bo‘lgan mamlakatlar o‘rin olgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!