O‘zbekistonda yil boshidan buyon provayderlar uchun internet tariflari 25,8 foizga tushirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon provayderlar uchun internet tariflari 25,8 foizga tushirildi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati 21 apreldan buyon O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 67,85 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo.uz yozmoqda.

Joriy yilda tariflar o‘ninchi marta tushirilishi. 1 yanvardan — 91,07 dollarga, 6 yanvardan — 87,14 dollarga, 10 yanvardan — 86,85 dollarga, 2 fevraldan — 86,11 dollarga, 16 fevraldan — 80,94 dollarga, 3 martdan — 76,61 dollarga, 30 martdan — 76,48 dollarga, 4 apreldan — 75,80 dollarga, 6 apreldan — 71,68 dollarga, 21 apreldan — 67,85 dollarga.

2016 yili provayderlar uchun internet tariflari o‘n ikki marta tushirilgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.