O‘zbekistonda yangi HOTELIOS tizimi joriy etildi

O‘zbekistonda yangi HOTELIOS tizimi joriy etildi

100ga yaqin mehmonxonalarni o‘z ichiga olib, “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ishlovchi tizim sayyohlik firmalariga onlayn tartibda mehmonxonalardagi bo‘sh o‘rinlarni aniqlash va ularni bir lahzada band qilish imkonini beradi.

MDHda muqobili bo‘lmagan HOTELIOS loyihasi Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” XXI Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi jarayonida namoyish etilgan edi.

Mehmonxonalardagi xonalarni band qilishdan tashqari, sayyohlik firmalariga aeroportning VIP-zali va Green Hall’ida uchrashuvlarni tashkil etish singari xizmatlariga buyurtma berish imkoniyati ham taqdim qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ilk bor xorijiy sayyohlar uchun elektron sug‘urta polislarini yozib berish imkoni paydo bo‘ldi.

Hisob-kitoblar faqatgina milliy valyutada pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshirilib, shaffoflik va moslashuvchanlik ta’minlangan, deyiladi “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati xabarida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.