O‘zbekistondagi eng ommabop smartfon brendi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  4469
  •  13.03.2017 13:41

O‘zbekistondagi eng ommabop smartfon brendi e’lon qilindi

Uyali telefon – internet orqali eng ko‘p izlanadigan narsalardan biri.

OLX.uz e’lonlar servisi uyali telefonlar bo‘yicha bitimlar statistikasini tahlil qilib, 2016 yili xaridorlar orasida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan brendlarni e’lon qildi.

Yangi telefonlar

2016 yilda eng ko‘p Samsung telefonlari sotib olindi – OLX’dagi barcha yopiq bitimlarning taxminan 40 foizi aynan mana shu qurilmalar savdosiga tegishli bo‘ldi. Butun dunyo bo‘yicha eng ommabop bo‘lgan Apple ortda qoldi – OLX orqali «olmafon»lar 19 foiz holatda sotib olindi. Uchinchi o‘rin uyali telefon bozori qatnashchilari orasida qachonlardir qudratli bo‘lgan Nokia’ga tegdi, unga bitimlarning 14,2 foizi to‘g‘ri keldi. Unchalik qimmat bo‘lmagan Xitoy brendlari («Boshqa markalar»)ga yillik bitimlarning 7,4 foizi to‘g‘ri keldi.

TOP-5 talikdan Xitoyning Lenovo markasi ham joy oldi. Mana shu dastlabki beshta brendning o‘zi 2016 yilda OLX’dagi barcha bitimlarning 80 foizini egalladi.

Yetakchilar ortidan LG, Meizu va Sony hamda Xitoyning yana bir vakili – Huawei kelmoqda. Ularga uyali telefonlar bo‘yicha barcha bitimlarning 4,4 foizidan 1,5 foizigacha qismi to‘g‘ri keldi. TOP-10 talikni Tayvanning HTC (1,4%) brendi tugalladi.

Reytingni yarim foizdan to‘plagan markalar – nemislarning Siemens, Osiyoning ASUS, Toshiba va Mio brendlari hamda premium-segmenti vakili – Vertu yakunlab berdi.

2016 yilda OLX’da eng ommabop bo‘lgan yangi uyali telefonlar TOP-15 taligi

  1. Samsung
  2. Apple
  3. Nokia
  4. Boshqa markalar
  5. Lenovo
  6. LG
  7. Meizu
  8. Sony
  9. Huawei
  10. HTC
  11. Siemens
  12. ASUS
  13. Mio
  14. Toshiba
  15. Vertu

Ishlatilgan telefonlar

Yangi bo‘lmagan telefonlar toifasida peshqadamlar uchtaligini yangi telefonlarga o‘xshab – Samsung, Apple va Nokia qurilmalari egalladi. Birgaliklarda ular ishlatilgan qurilmalar bo‘yicha bitimlarning 72,6 foizini tashkil etdilar.

Ular ortidan muvofiq ravishda bitimlarning 8,1 va 4,7 foizini tashkil etgan LG va HTC bormoqda. Ular ortida 4,3 foizdan boshlab – Xitoyning unchalar qimmat bo‘lmagan brendlari turibdi. Bir foizlik chegarani Sony, Lenovo brendlari egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Foizlar bo‘yicha eng kam miqdorlar esa Sony Ericsson, BlackBerry, Pantech, Fly va ASUSlarga tegishli.

2016 yilda OLX’da eng ommabop bo‘lgan ishlatilgan uyali telefonlar TOP-15 taligi

  1. Samsung
  2. Apple
  3. Nokia
  4. LG
  5. HTC
  6. Boshqa markalar
  7. Sony
  8. Lenovo
  9. Motorola
  10. Meizu
  11. Sony Ericsson
  12. BlackBerry
  13. Pantech
  14. Fly
  15. ASUS
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.