O‘zbekistonlik fotografning suratlari Buyuk Britaniya qirolichasini hayron qoldirdi

O‘zbekistonlik fotografning suratlari Buyuk Britaniya qirolichasini hayron qoldirdi

Podrobno.uz saytining ma’lum qilishicha, joriy yilda Dinara&Co media kompaniyasi tomonidan nashr etilgan “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 ta sabab” nomli o‘ziga xos kitob Angliyaning Bukengem saroyi va shaxsan qirolicha Yelizaveta Ikkinchining e’tiborini qozondi. Hatto nashriyotga qirolicha vakilining xalqlar o‘rtasida madaniy munosabatlarni rivojlantiriyotgani uchun minnatdorchilik ifoda etilgan maktubi yuborilgan.

Kolleksion kitob shu yilning iyun oyida ingliz va rus tillarida chop etilgan, hozirda Toshkent va Londondagi do‘kon va san’at galereyalarida sotilmoqda. Taqdimotdan keyin Yevropaning bir qator nufuzli nashriyot uylari kitobni chop etish va tarqatish istagini bildirishgan.  Dinara&Co kompaniyasi 2016 yilning avgust oyida ushbu kitobning nusxasini maxsus charm g‘ilofda Angliya qirolichasiga tuhfa qilgan edi.

“O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 ta sabab” kitobi xalqaro miqyosda O‘zbekistonning sayyohlik nufuzini oshirish maqsadida yaratilgan. Mazkur to‘plamdan o‘zbekistonlik mashhur fotograf Ernest Kurtveliyevning 15 yil davomida tasvirga tushirgan 250 tadan ortiq badiiy fotografiyalari o‘rin olgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.