Uzcard tizimi qisman ishlay boshladi

Uzcard tizimi qisman ishlay boshladi

Uzcard tizimi yana ishlay boshladi, deb xabar berdi huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Telegram-kanalida.

O‘QING: https://www.terabayt.uz/post/ozbekiston-boyicha-uzcard-ishlamay-qoldi-plastik-karta-orqali-tolovlar-qilib-bolmaydi

Uning aniqlik kiritishicha, hali barcha operatsiyalarni bajarish imkoni yo‘q. Hozircha faqat kartadagi hisobni ko‘rish mumkin. U tizimning qolgan faoliyati ham to‘liq tiklanishiga umid bildirib qoldi.

O‘QING: https://www.terabayt.uz/post/firibgarlar-qarmogi-plastik-kartadagi-pullaringiz-joyidami

Eslatib o‘tamiz, Uzcard banklararo to‘lov tizimi ishdan chiqqanligi, uning serverlarida jiddiy xato yuzaga kelgani tufayli, 15 sentyabr kuni soat 18:52 dan boshlab savdo shoxobchalari terminal bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilmay qo‘ygan, kartochka orqali onlayn tovar va xizmatlarni sotib olishning ham imkoni bo‘lmagan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!