«Uzinfocom» domenlarni ro‘yxatga olish faoliyatini to‘xtatdi

«Uzinfocom» domenlarni ro‘yxatga olish faoliyatini to‘xtatdi

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — «UZINFOCOM» MChJ UZ zonasida domen nomlarini ro‘yxatga olish va yangilash bo‘yicha faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda «UZINFOCOM» ma’lum qildi.

«UZINFOCOM» tomonidan ro‘yxatga olingan domen nomlarining egalari, xohishlariga ko‘ra, o‘z domen nomlarini UZ zonasining rasmiy ro‘yxatga oluvchilariga o‘tkazishlari mumkin, deyiladi tashkilot xabarida.

Xabarga ko‘ra, ushbu yechim:

  • «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJning UZ domeni administratsiyasi va ro‘yxatga oluvchilari o‘rtasida aniq taqsimlangan vazifani bajarishga;
  • ro‘yxatga oluvchilarning raqobatdosh tarmoqlarini rivojlantirishga;
  • domen nomlarini ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini markazlashtirmaslikka;
  • raqobat muhitini ta’minlashga;
  • bozorga taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini va domen nomlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, UZ zonasining asosiy reyestrini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yaxshilashga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJ O‘zbekiston bo‘yicha yuqori darajali domen ma’muri bo‘lib, 2003 yil 27 mart kuni ICANN tomonidan tasdiqlangan ccTLD homiylik shartnomasiga muvofiq, UZ milliy yuqori darajali domen ma’muri (ccTLD) hisoblanadi.

O‘QING: 2021 yildan boshlab amaldagi pasport o‘rnini ID-karta egallaydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.