Uzmobile abonentlari Prezident virtual qabulxonasiga bepul qo‘ng‘iroq qila oladilar

  •   DiMaX
  •  1732
  •  04.11.2017 13:13

Uzmobile abonentlari Prezident virtual qabulxonasiga bepul qo‘ng‘iroq qila oladilar

Joriy yilning 1 noyabridan Uzmobile uyali aloqa operatori abonentlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga bepul qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bu xususda operatorning rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga aholi murojaatlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, abonentlar murojaatlarini qondirish va Uzmobile mijozlariga qulayliklar taqdim etish maqsadida qo‘shimcha «1000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq» bepul xizmati faollashtirildi.

O‘QING: Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini "mobil tobelik"dan ozod qiladi

Aytish kerakki, Uzmobile mazkur qulaylikni «Xalq bilan muloqot» xizmati doirasida taqdim etgan. Mazkur xizmat doirasida 2017 yil – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» doirasida Uzmobile GSM tarmog‘i abonentlariga Davlat veb-sahifalariga 2017 yil davomida bepul foydalanish imkoni berilgan.

O‘QING: Alisher Usmonovga tegishli MegaFon kompaniyasi Uzmobile bilan kelishuv imzoladi

2018 yilning 1 yanvariga qadar amalda bo‘luvchi «Xalq bilan muloqot» xizmati doirasiga kiruvchi imkoniyatlar ro‘yxati bilan Uzmobile saytidagi mana bu sahifada tanishib chiqish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!