“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisining virtual qabulxonasi ochildi

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisining virtual qabulxonasi ochildi

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashni yanada kuchaytirish maqsadida Ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda kompaniya rasmiy saytida “Onlayn qabul”, “Fuqarolar murojaati”, “Savol-javob” kabi ruknlar tashkil etildi. Bu haqda Uzpse.uz yozmoqda.

Ishlar samaradorligi yanada oshirish maqsadida xolding kompaniya boshqaruvi raisi A.Kamalovning virtual qabulxonasi ochildi. Endi fermerlar, tadbirkorlar va tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar joylardagi sohaga oid masalalar yuzasidan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya raisining www.rais.uzpse.uz portaliga yo‘llashlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.