UZVTOSAVDO onlayn xarid tizimida 3% miqdoridagi avans to‘lovi bekor qilindi!

UZVTOSAVDO onlayn xarid tizimida 3% miqdoridagi avans to‘lovi bekor qilindi!

GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3% miqdorida oldindan majburiy to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilindi. Bu haqda GM Uzbekistan ma’lum qildi.

Endi GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85% yoki 100% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100% to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilini oladi.

Shuningdek, kompaniya hozirda 2019 yil uchun shartnomalar ochilganligini ma’lum qilgan!

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishilgan. Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3% miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarni o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlangan.

O‘QING: «Uzcard» ishlamay qolsa, endi kamida 1 mlrd. jarima to‘laydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!