Va nihoyat Facebook’ka “jon” kirayotganga o‘xshaydi!

Va nihoyat Facebook’ka “jon” kirayotganga o‘xshaydi!

O‘zbekistonda Facebook VPN’larsiz ham sekin-sekin ishlamoqda. Ammo ko‘ngildagidek emas. Respublikadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir qancha vaqtdan buyon Facebook ishlamayotganidan norozi edilar. Ammo kecha tush vaqtidan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Facebook’ka “jon” kirayotganini, yana kimlardir VPN’siz ham kirgani haqida post qoldirgan.

Barcha internet foydalanuvchilari singari Terabayt.uz xodimlari ham Facebook’ni tekshirib ko‘rishdi. Ha, ijtimoiy tarmoq nomiga bo‘lsa ham VPN’siz ishlamoqda. Ammo ko‘ngildagidek emas!  

Eslatib o‘tamiz, ushbu ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq muammolar O‘zbekistonda 16 sentyabr, soat 17:00 lardan boshlangan edi.

O‘QING: Avval O‘zbekiston, endi butun dunyoda! Facebook'ka nima bo‘ldi o‘zi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!