Vazirlik barchani hamkorlikka chorlaydi

  •   DiMaX
  •  1012
  •  26.01.2018 16:04

Vazirlik barchani hamkorlikka chorlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sohani rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish yo‘lida fuqarolarni hamkorlikka chorlamoqda. Bu xususda vazirlik saytida ma’lumot berilgan.

O‘QING: Axborot texnologiyalari vazirligi operator va provayderlarga muhim topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida»gi qarorida ushbu vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasi, «elektron hukumat», axborot xavfsizligi, pochta, logistika, AKT-ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda elektron tijorat sohalarini hamda rivojlantirishga oid innovatsion g‘oyalarning qamrab olinishi belgilangan.

Bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida, barchaga konsepsiyani shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Agarda sizda ham AKT sohasini rivojlantirishga oid takliflar, g‘oya hamda qarashlar bo‘lsa, ularni mana bu manzilda berilgan so‘rovnoma orqali taqdim etishingiz mumkin.

O‘QING: "Xavfsiz shahar" qurishda O‘zbekistonning birinchi yirik hamkori ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!