Video: Apple’ning dizayn bo‘limi qanday ishlaydi?

Video: Apple’ning dizayn bo‘limi qanday ishlaydi?

Apple kompaniyasining mahsulotlari har doim jahon iste’molchilari nigohida bo‘lib kelgan. Yaqinda Kupertino giganti kompaniya qurilmalarining dizayni bilan shug‘ullanadigan jamoa to‘g‘risida tayyorlangan videorolikni internet tarmog‘iga joyladi.

Rolikda Apple’ning dizayn bo‘yicha vitse-prezidenti Jonatan Ayv “Olma” gadjetlari dizayni qanday ishlab chiqilishi haqida so‘z yuritadi. Uning aytishicha, dizayn jamoasi 25 yildan beri kompaniyada xizmat qilib kelmoqda ekan. Videodan ko‘rinib turganidek, jamoa keng ochiq joyda ishlaydi, ulkan oynaning orqasida esa detallarni yaratishga xizmat qiladigan turli jihozlar o‘rnatilgan.