Video: hali taqdim etilmagan Nokia flagmanining yangi tafsilotlari

  •   DiMaX
  •  1013
  •  27.12.2017 10:22

Video: hali taqdim etilmagan Nokia flagmanining yangi tafsilotlari

Telefonsozlikdagi «qadimiy» brendlardan sanalmish Nokia bu yil ancha jonlanib qoldi. U hamyonbop va o‘rta narx toifasiga mansub bir nechta modeldagi smartfonlarni taqdim etdi. 2018 yilda esa u o‘zining haqiqiy flagmani – Nokia 9 bilan xaridorlarini xursand qilish niyatida. Mazkur qurilmaning bir qator xususiyatlari hozirdan ma’lum.

O‘QING: Nokia 9 sirlarini ilk bor rasmiy manba fosh etdi

YouTube’dagi Nokiapoweruser kanali esa ushbu smartfon uchun tayyorlangan g‘iloflar tasvirlangan videolavhani e’lon qildi.

G‘iloflarga qarab xulosa qiladigan bo‘lsak, ushbu flagman tik joylashgan qo‘shaloq kameraga ega. Ularning ostida esa barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Shuningdek, kutilganidek, HMD Global’ning bu smartfoni romsiz ekran dizaynida bo‘ladi.

Keling, videorolikni tomosha qilamiz:

Nokia 9 gadjeti 5.5 dyuymli romsiz OLED-displey, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘lishi aytilayotir. Uning doimiy xotirasi hajmi 128 gigabaytni, akkumulyatorining sig‘imi esa 3250 mA/soatni tashkil etadi. Mish-mishlarga qaraganda, uning nafaqat asosiy kamerasi, balki old kamerasi ham qo‘shaloq ob’yektivdan iborat.

Smartfonning korpusi shisha va metall materiallaridan yasalgan bo‘lib, chang va suvdan himoyalangan. Nokia 9 operatsion tizimi sifatida Android 8.0 Oreo talqini tanlangan.

O‘QING: Nihoyat, Nokia 9 va Nokia 8 (2018) taqdimot sanasi hamda narxlari ma’lum!