VIDEO: Nokia 9 PureView smartfoni ilk rasmiy reklama roligida!

  •   DiMaX
  •  1050
  •  02.01.2019 13:03

VIDEO: Nokia 9 PureView smartfoni ilk rasmiy reklama roligida!

Nokia brendini «tiriltirgan» HMD Global kompaniyasi bir necha modellardagi smartfonlari va tugmachali telefonlari bilan iste’molchilar ishonchini qozonib ulgurdi. Uning besh modulli bosh kameraga ega Nokia 9 PureView flagmani – 2019 yilda eng kutilayotgan modellardan biridir.

O‘QING: Nokia 9 Pureview besh modulli kamerasi sababli «Olimpik» deb ataladi

Kuni kecha ushbu flagmanning rasmiy reklama videoroligi internetda e’lon qilindi. Endi Nokia 9 PureView dizayni ham, texnik xususiyatlari ham aniq bo‘ldi.

Nokia 9 PureView o‘tgan yilgi flagman – Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfon 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Diagonaliga 5,99 dyuymlik ekranining o‘ziga barmoq izi skaneri joriy etilgan. Beshta datchikni o‘z ichiga oluvchi bosh kamerasida Zeiss optikasi qo‘llangan.

Nokia 9 PureView qadoqdanoq Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini bilan taqdim etiladi. Android One dasturiga kirishi esa uning kamida ikki yilgacha tizim yangilanishlarini olib turishiga kafolatdir. Ushbu smartfon simsiz quvvatlash texnologiyasiga ham ega.

O‘QING: Yana bitta arzon Nokia smartfoni tayyor: juft kamera, Android 9 va NFC chipli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!