VIDEO: Samsung’ning smartfon, kompyuter va noutbuklarda qo‘llanuvchi ko‘rinmas SelfieType klaviaturasini ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1336
  •  07.01.2020 10:38

VIDEO: Samsung’ning smartfon, kompyuter va noutbuklarda qo‘llanuvchi ko‘rinmas SelfieType klaviaturasini ishlatib ko‘ramiz!

Bir necha kun avval biz Samsung kompaniyasi CES 2020 ko‘rgazmasida SelfieType nomli yangi texnologiyasini namoyish etishi haqida yozgandik. Bunda dastur sun’iy ong algoritmlariga asoslanib, smartfonning old kamerasidan foydalangan holda virtual klaviatura yaratadi. Ya’ni, foydalanuvchi ekranga umuman qo‘l tekkizmagan holda matn terish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘QING: Samsung, CES 2020: Kinodagi hayot reallikka aylanmoqda!

Janubiy koreyalik texnogigant endi SelfieType haqidagi ilk videoroligini e’lon qildi. Ushbu lavha mazkur texnologiya qanday ishlashi, undan foydalanish ssenariylari xususida tasavvur hosil qilishga yordam beradi:

«SelfieType'dan foydalanish uchun hech qanday texnik ta’minot kerak bo‘lmaydi. Konsepsiya o‘ta moslashuvchan bo‘lib, undan qator qurilmalar, xususan, smartfon, shaxsiy kompyuter va laptoplar orqali foydalanish mumkin bo‘ladi», deyiladi Samsung rasmiy sahifasida.

O‘QING: CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)