Virtual inspektor o‘qituvchilarni himoya qilmoqda!

Virtual inspektor o‘qituvchilarni himoya qilmoqda!

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha “Ustoz ovozi” — o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektor, ustozovozi.uzedu.uz sayti hamda telegram boti ishga tushirilgan. Bu haqda XTV sohasida AKT markazi xabar bermoqda.

Yangi loyiha pedagoglarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularga yechim topishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda test rejimida ishlayotgan “Ustoz ovozi” saytiga bugunga qadar 1488 ta xabar jo‘natilgan bo‘lib, ulardan 920 tasi mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 568 tasi esa ijobiy hal etilgan.

E’tiborlisi, o‘qituvchilarning “Ustoz ovozi”ga yo‘llayotgan murojaatlari kundan-kunga ortib bormoqda. Bu orqali tizimda faoliyat yuritayotgan pedagoglarni qiynayotgan muammolar yanada ravshanlashyapti. Eng asosiysi, pedagoglarga nisbatan bo‘layotgan turli nohaqlik va adolatsizliklarga barham berilmoqda.

O‘QING: Endi metroga kirishda IIB hodimlari turmaydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.