Vivo bir yo‘la ikkita smartfonni namoyish qildi

  •   Saroy
  •  1201
  •  27.06.2018 15:57

Vivo bir yo‘la ikkita smartfonni namoyish qildi

TENAA sertifikatsiya byurosi ma’lumotlar bazasida Vivo kompaniyasining ikkita yangi smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.  Modellarga V1730DT va V1803BA raqamlari berilgan.

O‘QING:Romsiz Vivo Y81 taqdim etildi: ilk taassurotlar

Tavsifiga qaraganda, ikkala smartfon ham o‘rtacha segmentda bo‘ladi. Vivo V1730DT 2280×1080 pikselli va qirqmali 6.26-dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Unda so‘zlashadigan dinamik, datchiklar va 16-megapikselli old kamera joylashtirilgan. Qurilmaning ishlashini takt chastotasi 1.4 GGs bo‘lgan sakkizyadroli protsessor ta’minlaydi. Bundan tashqari, devays 16 Mp + 2 Mp bo‘lgan asosiy qo‘sh kamera bilan ham jihozlangan.  4 GB OZU, 128 GB PZU,  sig‘imi 3180 mAch bo‘lgan batareya va  Android 8.1 Oreo – bularning barchasi yangi smartfonning maqtansa bo‘ladigan jihatlari hisoblanadi.

O‘QING:Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

O‘z navbatida, Vivo V1803BA  6.22 dyuymli 1520×720 pikselli displeyga ega bo‘ladi. Sakkiz yadroli protsessorining takt chastotasi  2.0 GGs, qolaversa, qurilma 4 GB OZU, 64 GB PZU, 13 Mp + 5 Mp bo‘lgan qo‘sh kamera va 8 Mp bo‘lgan old kamera bilan ta’minlangan. Shunday ekan, kuting! Smartfonlar yaqin orada savdoga chiqariladi. Faqat narx borasida ma’lumot topilmadi, hozircha, albatta.

O‘QING:Eng innovatsion, rekordchi romsiz va yana bir qator texnologiyalarda yetakchi Vivo NEX smartfonlari taqdim etildi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.