vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Dizayn borasida vivo V20 Pro va vivo V20'lar o‘rtasida unchalik katta farq yo‘q, ayniqsa, orqa korpusda. Ammo old panelga kattaroq hoshiyali tirqish ochilgan. Hozirgi kunda, bunday dizayndagi smartfonlar juda kam.

V20 Pro 5G smartfoni 400 dollar atrofidagi o‘rta toifa smartfoni bo‘lib, OLED displey, 5G aloqasi hamda Snapdragon 765G chipseti bilan jihozlangan.

vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.8x74.2x7.4 mm, 170g; shishadan ishlangan old va orqa korpus, plastik rom.

> Chipset: Qualcomm SM7250 Snapdragon 765G (7 nm): sakkiz yadroli (1x2.4 GHz Kryo 475 Prime & 1x2.2 GHz Kryo 475 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 475 Silver); Adreno 620.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch 11.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.9, 26mm, 1/1.72", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚, 16mm, 1/4.0", 1.12µm; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: •Keng (asosiy): 44 MP, f/2.0; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.3, 1/4.0", 1.12µm.

>Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek., giro-EIS.

> Akkumulyator: 4,000 mAs; 33 Vt tezkor quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), 3.5mm audio jek mavjud emas, NFC mavjud emas, FM radio mavjud emas.

V20 va V20 Pro smartfonlari o‘rtasidagi yagona farq protsessor, ikkinchi selfi kamerasi va microSD karta slotining mavjudligidadir.

Qadoq tarkibi
Smartfonning qadoq tarkibi odatdagidek. Faqat unga kompaniya bir tomoni USB-C ikkinchi tomoni 3.5 mm lik dongl solib qo‘ygan. Bu bilan esa qadoq tarkibidagi quloqchinlar vositasida musiqa tinglash mumkin. vivo alohida dongl solmasdan, birato‘la USB-C naushnik solib qo‘ysa bo‘lardi.

Qadoq ichida, shuningdek, shaffof silikon g‘ilof, 33 Vt quvvatlagich va USB-A-2-USB-C kabeli ham hor.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz